TIQXMMI yangiliklari

img
12.10.2022

Malaka oshirish kursi tashkil etildi

     "O'zbekgidroenergo" AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan joriy yilning 10 - oktabr kuni soha mutaxassislari uchun "TIQXMMI" Milliy tadqiqot unversitetida malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Dastlab mutaxassislarga Universitetning "Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari" kafedrasi professorlari M.R.Bakiyev va A.A.Yangiyevlar tomonidan  "Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi va ishonchliligi" mavzularida  ma'ruzalar o'tildi hamda kafedrada mavjud o'quv- laboratoriya jihozlari bilan tanishtirildi. Kurs yakunida mutaxassislar va  bitiruvchi kurs talabalar bilan uchrashuv ham tashkillashtirildi. Uchrashuv davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan to'liq va batafsil javoblar berildi.

Universitet matbuot xizmati