TIQXMMI yangiliklari

img
16.10.2023

Maktablar bilan hamkorlik davom etadi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022-yil 2-aprelda o‘tkazilgan xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi hamda bir nechta vazirlik, idora, tashkilotlar oldiga aniq vazifalarni belgilab berildi. Belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti rahbariyati tomonidan kafedralar, malakali professor-o‘qituvchilarga maktablar biritirib berildi.

Alohida rejalar belgilanib, tasdiqlab olindi. Hozirgi kunda olib borilayotgan amaliy ishlarning natijasini universitetimiz sayti orqali kuzatib turibmiz. Navbatdagi amaliy ishlardan biri rejaga muvofiq Iqtisodiyot kafedrasi hamda Toshkent viloyati Piskent tumani 2-maktab, 4-maktab jamoasi bilan hamkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Kuni kecha Iqtisodiyot kafedrasi mudiri B.Sultanov va kafedra o'qituvchilari maktablarga tashrif buyurishdi. O'quvchilarga kitoblar sovg'a qilindi. O'quv-uslubiy jarayonlarga takliflar berildi. Kelgusida ushbu maktab bilan hamkorlik ishlari, tadbirlar rejaga muvofiq davom ettiriladi, o‘quvchilarning universitetga tashrifi tashkil etiladi.

Universitet matbuot xizmati