TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2022

Maktabga tashrif

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2022 - yil 2 -aprelda oʻtkazilgan xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bagʻishlangan kengaytirilgan videoselektor yigʻilishida bildirilgan topshiriqlar ijrosi boʻyicha hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstpatsiyasining 2022 yil 7 apreldagi topshirigʻini   taʼminlash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, GIM fakultetining “Gumanitar fanlar” kafedrasi oʻqituvchilari Nurafshon shahar “Taraqqiyot” MFYda joylashgan 57 – maktabga tashrif buyurdilar. 

Birinchi haftada reja asosida maktabning bugungi holati oʻrganildi. Maktab 1967 yilda tashkil topgan boʻlib 2019 yil kapital taʼmirlangan. Shu bilan birga maktab oʻquvchilari hamda oʻqituvchilari bilan uchrashib salohiyati ham tahlil qilindi.

 

Bunga koʻra maktabda 780 ta sigʻimga ega boʻlgan 1157 ta oʻquvchi tahsil oladi. Oʻqituvchilar soni 68 ta shulardan oliy toifadagi oʻqituvchilar soni 8 ta, 1 - toifali oʻqituvchilar 9 ta, 2 - toifali oʻqituvchilar 18 ta,  4 tasi oʻrta maxsus oʻqituvchilar hisoblanar ekan. Maktabni sariq hududga kirishi aniqlanadi. Maktab bilan fakultet oʻrtasida yoʻl xaritasi tuziladigan boʻldi.

"Gumanitar fanlar" kafedrasi o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti

Universitet matbuot xizmati