TIQXMMI yangiliklari

img
23.04.2022

Maktabdagi sharoit bilan tanishuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2022-yil 2-aprelda o‘tkazilgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan vazifalar katta ahamiyatga ega.

Nurafshon tumanidagi bir nechta maktab aynan bizning universitet bilan hamkorlik qilishi ko’zga tutilgan. Jumladan, universitetimizning “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi dotsenti M.Abduqodirova, katta o’qituvchi A.Xamidov va assistent R.Rassoqovlar tumandagi 48-sonli umumta’lim maktabida bo’lishdi.

Institut vakillari umumtaʼlim maktablarida dars jarayonlarini kuzatib, tahlil qilib boradi, uning natijalariga muvofiq maktab o‘qituvchilarida aniqlangan kamchilik va bo‘shliqlarni to‘ldirish, metodik yordam berish maqsadida mahorat darslari, seminar treninglar tashkil etish rejalashtirildi va Universitetda maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazish belgilab olindi.

Maktablar bilan hamkorligimiz uzoq muddatga mo‘ljallangan. Shu bois, kafedra va maktab o‘rtasida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlashga kelishib olindi.

Universitet matbuot xizmati