TIQXMMI yangiliklari

img
16.05.2022

Maktab, oliy taʼlim muassasasi va integratsiya

Davlatimiz rahbarining 2020 - yil 6 - noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini taʼminlash, maktab va oliy taʼlim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlash maqsadida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 13 may kuni Nurafshon shahar Dehqonobod MFY joylashgan 13-umumtaʼlim maktabi va Degantepa MFY 73-umumtaʼlim maktablariga navbatdagi tashrifini amalga oshirdilar. Tashrif davomida o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan darslar tahlil etildi. O‘quvchi yoshlar bilan kasbga bo‘lgan qiziqishlari yuzasidan suhbat qurildi.

O’quvchi yoshlarda ilm - fanni o’rganishga bo’lgan intilishini, kitob o’qishga bo’lgan xohishini yanada oshirish, mantiqiy fikrlash darajasini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi. O’quvchi yoshlardan iborat  “Bilimdonlar” va “Renessans”  jamoalari o’rtasida qizg’in bahs va munozaralar bo’lib o’tdi. Oyin davomida berilgan savollarga “Bilimdonlar” jamoasi 10 ta, Renessans”  6 ta togri javob berishdi. Yakuniy natijaga kora  “Bilimdonlar” jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Tashrif yakunida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Bilimdonlar” va “Renessans”  jamoalari aʼzolariga, o‘qituvchilariga, maktab direktoriga va maktab kutubxonasiga esdalik sovg‘alarini taqdim qilishdi. Maktab direktori Karakash N.M. va o‘quvchi yoshlari so‘zga chiqib o‘tkazilgan tadbir  yuzasidan o‘z minnatdorchiliklarini bildirib yana shu kabi tadbirlar tashkil etishni taklif etishdi.

Nurafshon shahar Dehqonobod MFY joylashgan 13-umumtaʼlim maktabi direktori Xaitova B.I. va maktab o‘quvchilari tomonidan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurib, bu yerdagi o‘quv jarayonlari, laboratoriya, fakultetlar va taʼlim yo‘nalishlari bilan tanishish istagi borligini bildirishdi.

              Universitet matbuot xizmati