TIQXMMI yangiliklari

img
28.05.2022

Maktab hayotidan bir shingil

2022 yilning 23 may kuni TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti "Gumanitar fanlar" kafedrasi katta o’qituvchilari N.B.Raxmonberdiyeva  va N.Ya.Alimuxamedovalar Nurafshon shahrida joylashgan 57-maktabga tashrif buyurib 11 A va 11 V sinflariga va  maktab o’qituvchilariga mahorat darsini “O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalda oshirilayotgan islohotlar” mavzusida o’tib berdilar. Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko’tarish maqsadida olib borilayotgan islohotlar haqida dars o’tdilar. Davlatimiz rahbari yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish maqsadida jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda hyech kim chetda turmasligi, “O’z bolangizni, o’z uyingizni, o’z Vataningizni ko’z qorachig’idek asrang!” degan shior ostida odamlarimiz qalbidan chuqur joy olishi va jamiyatimizda aholini, ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish – birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligiga alohida e’tibor berayotganligi haqida to’xtalib o’tdilar.

Shu bois, “O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalda oshirilayotgan islohotlar” degan dasturiy g’oya asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish – o’ta sharafli vazifa ekanligi haqida gapirdilar.

Bundan tashqari N.B.Raxmonberdiyeva,  N.Ya.Alimuxamedova  o’quvchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib o’quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

                 Universitet  matbuot xizmati