TIQXMMI yangiliklari

img
01.04.2024

Maktab bilan hamkorlik

Ta'limning quyi va o‘rta bo‘g‘inlari o‘rtasidagi bog‘liqlik katta ahamiyatga ega. Bu o‘ziga xos oltin zanjir bo‘lib, yoshlarning kasb tanlashi hamda el-yurt uchun yaroqli va fidoyi kadrlarni yetkazish uchun muhim omildir.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Buхgalteriya hisobi va audit” kafedrasiga biriktirilgan Nurafshon tumanidagi 8-sonli maktabda hamda 7-sonli maktabda tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq bir qator ishlarni amalga oshirishga kirishdilar. Kasbga yo‘naltirishlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan uchrashuvlar o‘z samarasini berayapti.

Uchrashuvlar natijasida maktabda mavjud fan to‘garaklarini rivojlantirish uchun amaliy yordam beriladi. Shuningdek, Ilmiy izlanish ishlarini olib borish sohalari bo‘yicha tajriba almashishdi.

Universitet matbuot xizmati