Maktab bilan hamkorlik
O’quvchi yoshlarning sifatli ta’lim tarbiya olishlariga ko’maklashish, oliygohlarga yo’naltirish maqsadida Oliy ta’lim muassasalari va umum ta’lim maktablari o’rtasida amaliy hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Shu maqsadda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi kafedrasi o’qituvchilari Piskent tumani 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumtalim maktabi va 6-sonli maktablarida ta’lim sifati va o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo’llab - quvvatlash uchun hamkorlikni tashkil etish bo’yicha yo’l xaritasi asosida maktablarning bugungi holati, o’qituvchilarning salohiyati va 2022/2023 o’quv yili natijalari hamda 2023/2024 o’quv yilida belgilangan maqsadlar bo’yicha ma’lumotlarni o’rganish uchun tashrif buyurishdi.
Maktablarga tashrif davomida dars jarayoni bo’yicha takliflar va o’quvchilarning qiziqishlari bo’yicha tavsiyalar berildi.
Universitet matbuot xizmati