Maktab bilan hamkorlik
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 6 noyabrdagi “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida tahlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ta'lim sohasidagi keng ko’lamli islohotlarni yangi bosqichga ko’tardi. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi va Piskent tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 35-sonli umumta’lim maktabida ta’lim sifati va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo‘llab - quvvatlash uchun hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha YO‘L XARITASI ishlab chiqilgan edi.
Ushbu tasdiqlangan yo’l xaritasiga asosan Ushbu hujjat, ayniqsa, maktab va oliy ta'lim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o’rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda umumta'lim maktablarida o’quvchilarga berilayotgan ta'lim-tarbiya pedagoglarga bo’lgan hurmat va e'tibor tobora yuksalib bormoqda. Ustoz-murabbiylarning jamiyatdagi o’rnini mustahkamlash, iste'dodli o’quvchilarni kashf etish, ularni o’zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo’naltirish ta'lim sohasining muhim vazifasiga aylandi. “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasining professor-o’qituvchilari Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 35 -sonli maktabni uz otalig’iga olgan. Shu munosabat bilan 2023-yil 10-mart kuni kafedraning bir guruh professor o’qituvchilari tashrif buyurishdi. Maktabda ta’lim olayotgan o’quvchilar bilan birgalikda Maktab jamoasini yaqinlashib kelayotgan Navro‘z ayyomi bilan tabriklashdi.Undan tashqari 11-sinf o’quvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Universitet matbuot xizmati