22.04.2022
Maktab bilan hamkorlik
22 aprel kuni “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi professor o’qituvchilari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasining 2022 yil 7 apreldagi 08-942-sonli xatiga asosan kafedraga biriktirilgan Toshkent viloyati Nurafshon shahri hududda joylashgan 62-maktabga tashrif buyurib, maktab o’quvchilari bilan turli mavzularda suhbatlashib, maktab hududida tashkil etilgan ko’rgazmada ishtirok etishdi. Maktabda bo’layotgan dars jarayonlari tahlil qilindi. Bugungi tadbir yakunida maktab jamoasiga estalik sovg’alari berildi.