Maktab bilan hamjihatlik memorandumi
Ta’lim tizimidagi muassasalarning aksariyati bir - biri bilan uzviy aloqada bo’lmasdan hamkorlik masalasi e’tibordan soqit qilingani ma’lum. Davlatimiz rahbari hamkorlik masalasi ta’lim va tarbiyaning sifati va samarasiga bog’liq ekanini uqtirdilar. Har bir ta’lim muassasasiga muayyan ummumta’lim maktablari biriktirib qo’yilganligi yuqoridagi fikrning isbotidir. TIQXMMI MI universitetiga Piskent tumanidagi 5-IDUM biriktirilgandi.
Kecha rektorimiz professor B. Mirzayev boshchiligidagi ustozlar huddi shu maktabga tashrif buyurishdi. Yetib borganimiz hamonoq bizni ochiq chehra bilan kutib olishdi. Bu maktab informatika texnologiyalariga ixtisoslashtirilganligi bilan ajralib turarkan. Maktab direktori Oybek Mannopovning bergan ma’lumotiga qaraganda ushbu maktab dargohida 1372 ta o’quvchi tahsil olarkan. 84 ta o’qiyuvchi faoliyat yuritishi va 43 ta sinf komplekti ishlab turgani borasida ma’lumotga ega bo‘ldik. Oliy toyifali o’qituvchilardan 18 tasi birinchi toifali o’qituvchilardir. 22 ta ikkinchi toifali o’qituvchilar esa 17 tani tashkil etarkan .
Demak, o’z - o’zidan ta’lim - tarbiyaga e’tibor kuchli ekanini va ba'zan to’liq shakllanganini bilsak bo’ladi. Bahodir Suyunovich Mirzayev prorektorlar R.Choriyev, B.Xudoyorovlar bilan kirib kelishi hamonoq dastavval, 11-sinf o’quvchilari bilan ko’rishdi va ularga Universitetimiz tarixi haqida muxtawar ma'lumot berdi. U yerda o’qigan mashhur rahbarlar haqida muttasil ma’lumot berib o’tdi, ungacha universitetimiz faoliyati bo’yicha tayyorlangan videorolik havola qilingandi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savolllari bilan murojaat etishdi. Ulardan aksariyati shu Universitetda o’qishga ishtiyoq xohishi borligini bildirdi. Rektor B. Mirzayev o’quvchilarga asosli ma’lumotlarni berib ularni xushnud etdi.
Shundan so’ng biologiya seminariga to’g’ridan to’g’ri kirib bordi. Keyin sportga e’tibor qay darajada ekanini bilish uchun maroq bilan shaxmat o’ynayotgan tennis bilan shug’ullanayotgan bolalar bilan ko’rishdi, muammoli masalalar bilan tanishdi va ularni imkon darajada hal etilishini ta'kidladi. So’ngra proffesor Z. Ismoilova pedagogning kompetensiyalari bo’yicha seminar o’tkazib turilgan zalga kirib borishdi. Bir necha muddatdan so’ng zalda maktab jamoasi va 42 ta maktab direktorlari jamuljam bo’lishdi. Ular bilan savol - javoblar orqali yechimi yo’q masalalar bo’yicha dildan suhbatlashildi.
So‘ngra Piskent tuman xalq ta’limi mudiri H. Rashidov o’quv jarayoni haqida ma’lumot berdi. Keyin esa Universitetimiz va maktab o’rtasida Memorandum imzolandi. Maktab direktori Oybek Mannopov va rektor Bahodir Mirzayev hamkorlikning samarali bo’lishiga ishonch bildirishdi. Ayni paytda bizning universitetda tahsil olayotgan talabalar o’qigan maktabning direktorlariga Tashakkurnomalar taqdim etildi.
Ayni damda maktab uchun kitoblar jamlanmasi, sport anjomlari va boshqa sovg‘alar taqdim etildi. Tadbir ko’zlanganidan ham ziyoda mazmunli va samarali tarzda o’tdi.
Universitet matbuot xizmati