TIQXMMI yangiliklari

img
16.04.2022

Maktab bilan birdamlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2022-yil 2-aprelda o‘tkazilgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan vazifalar katta ahamiyatga ega.

Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida "TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori tomonidan tasdiqlangan reja asosida Piskent tumanida joylashgan 22 va 23 maktablarda "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi professor-o‘qituvchilari dastlabki tashrifi 2022-yil 15-aprel kuni amalga oshirildi.

Tashrif chog‘ida dastlab maktab direktori va maktab pedagogik jamoasi bilan bugungi kunda maktabda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida davra suhbatlari o‘tkazildi va maktab salohiyati bilan tanishib chiqildi. Faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarning aksariyati ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan malakali pedagoglar bo’lib, asosan oliy, birinchi toifa, ikkinchi toifa hamda mutaxasis o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Maktablar hududi (yashil va sariq) hududga kiradi. Shundan so‘ng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2022-yilning aprel va may oylarida amalga oshiriladigan tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

 

"Geodeziya va geoinformatika"  mudiri R.Oymatov axboroti

Universitet matbuot xizmati