TIQXMMI yangiliklari

img
30.03.2022

Mahalla va Universitet yoshlari hamkorligi

    Universitet va mahalla yoshlari o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabat, hamkorlik aloqalari kundan-kunga yaxshilanib bormoqda. Muhtaram prezidentimizning mahallalar bilan ishlash tizimi sohasidagi islohotlari bizning universitetimiz jamoasi uchun kundalik vazifa va keng imkoniyatlar eshigini ochishga qaratilgan. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga o‘z yo‘llarini topishda ko‘mak berish bu har bir jamoaning, qolaversa Universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkilotining burchidir. 30-mart "Gidrotexnika qurilishi"fakulteti yoshlar yetakchisi jamoasi bilan biriktirilgan "NUR" mahallasiga tashrifi , mahalladagi bayram kechasiga o‘zgacha bir yondashuv bo‘ldi. Faol yoshlar jamoasi universitetimiz raxbariyati nomidan bayram qatnashchilarini  muborakbod etib, o‘zining abituriyentlarga qaratilgan qiziqarli ma'lumotlari bilan o‘rtoqlashdi. Kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi ishlar yuzasidan yetakchilar fikr almashishdi.

 

Universitet Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi D.Rasulov

Universitet matbuot xizmati