TIQXMMI yangiliklari

img
01.02.2022

Mahalla bilan xamkorlik davom etmoqda

2022-yil 1-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92 sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Gidromelioratsiya” fakulteti rahbariyati va Mirzo Ulug‘bek tumani “Lashkarbegi” mahallasi faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Fakultet dekani Alisher Mirzotilloyevich Fatxulloyev ochib berdi. Sizlarga ma’lumki, so‘ngi yillarda yurtimizda maxallalarga va yoshlarga berilayotgan e’tibor sezilarli darajada oshdi. Bunga misol sifatida “Maxallarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-92 sonli qarorini keltirishimiz mumkun. Qarorga asosan “Gidromelioratsiya” fakulteti va “Lashkarbegi” mahallasi o‘rtasida amalga oshiriladigan yo‘l xaritasi tasdiqlanganligini takadladi. Bugungi yig‘ilishimizning asosiy maqsadi “Lashkarbegi” mahallasi faollari, mahalla yoshlar yetakchisi bilan universitetning  “Gidromelioratsiya” fakulteti jamoasi xamkorlikni yanada rivojlantirish.

“Lashkarbegi” mahallasi raisi Nigora Karimova yig‘ilganlarga uchrashuvdan xursand ekanlagini yashirib o‘tirmadi. “Lashkarbegi” mahallasi bilan Universitet raxbariyati  bilan xamrorlikda ko‘plab ishlar qilganini eslab o‘tdi. Yanada xamkorlikda ishlashini va jamoasi bundan mamnun ekanligini takidladi. Maxalla fuqarolari va yoshlari univarsitet ma’muriyati bilan xamkorlik qilishi xaqida sevinib gapirdi.Yig‘ilishda kafedra mudirlari Ilxom Begmatov, Zuxra Ismoilova Ekgis markazi rahbari Olim Po‘latovlar hamda fakultet jamoasining jonkuyar ustozlari hamda “Lashkarbegi” mahallasidan xokim yordamchisi Ibragimov Otabek Olimjon o‘g‘li ishtirok etdi.  Yig‘ilishda keyingi rejalarni kelishib olindi.