Mаhаllа bilаn hаmkorlik munosаbаtlаri
Joriy yilning 16 fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Asaka mahallasida mahalla faollari bilan “Yoshlarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish masalalari” bo'yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda “TIQXMMI”MTU Yer resurslari va kadastr fakultetini Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.Eshova, “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Xafizova hamda fakultet tyutori M.Turg`unova ishtirok etishdi. Mamlakatimizda barkamol yoshlarni tarbiyalash hamda kasb-xunarlarni o'rgatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, demokratik jamiyatni yaratish yarayonida faolligini oshirish borasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.
Darhaqiqat, bugungi kunda mahalla-yoshlari hamda umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya, pedagoglarga bo‘lgan hurmat va e’tibor tobora yuksalib bormoqda. Ustoz-murabbiylarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, iste’dodli o‘quvchilarni kashf etish, ularni o‘zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo‘naltirish ta’lim sohasining muhim vazifasiga aylandi. Fakultetimiz ushbu mahalla va maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va sifatini oshirish, mahalla yoshlari va o‘quvchi-yoshlarining o‘z iste’dodini to‘liq namoyon etishlariga har tomonlama ko‘maklashmoqda.
Bugungi kunda mahalla yoshlarining kamol topishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari uchun Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbus ulkan ahamiyat kasb etyapti. Shu bois ham fakultetda biriktirilgan Asaka mahallasi bilan hamkorlik doirasida mahalla-yoshlarining bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida “Beshta muhim tashabbus kuni” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish bo‘yicha qator rejalar tuzib olindi.
Yer resurslari va kadastr fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova Fakultetni xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati rahbari