TIQXMMI yangiliklari

img
04.03.2024

"Mahalla bilan hamkorlik"

"Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilsh hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar toʻgrisida"gi Farmoni ijrosini taʼminlash va 2024 - yil Oʻzbekistonda "Yoshlar va biznesni qoʻllab - quvvatlash yili" nomi berilgan uchun va mahalla bilan hamkorlik maqsadida 2 - mart kuni "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori X. Saidova tomonidan  biriktirilgan "Nur" mahallasiga   tashrif uyushtirildi. Shu mahallada mas'ul xodim "Yoshlar agentligi" A.Anvarov bilan, shu mahallada yashovchi yoshlar toʻgrisida ya'ni, yashash sharoitlari va ularda bor muammolar toʻgrisida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Ushbu biriktirilgan mahalla bilan hamkorlik ishlari olib borilgan holda, yoshlarni kasbga oʻqitish, bilim va koʻnikmalari hamda ularning qiziqishlaridan IT- texnologiyalari boʻyicha universitet tomonidan toʻgaraklarga taklif etilgan holda, tegishli tavsiyalar berildi.

GTQ tyutori X.Saidova axboroti

Universitet matbuot xizmati