TIQXMMI yangiliklari

img
09.02.2022

Mahalla bilan hamkorlik

2022 - yil 09 - fevral kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani R.Xakimov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiyev, “Ingliz tili” kafedrasi mudiri F.Begov hamda tyutorlar Islom Xolbutaev, Shaxboz Nortoshev va Hamida Valiyevalar hamrohligida Mirzo-Ulug‘bek tumani “Shahrisabz” mahallasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 - yil 19 - yanvardgi PQ-92-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini yo‘lga qo‘yish yuzasidan “Shahrisabz” M.F.Y. raisi Jumabeke Koshetova, Yoshlar etakchisi Nozima Abduraxmonova hamda hokim yordamchisi Mirsaid Mirsobitovlar bilan hamkorlikda mahallada amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, fikrlar almashinildi. Kelgusida mahalla yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga ma’naviy va ijtimoiy ko‘mak berish bosh maqsad sifatida belgilandi. Mahalla kutubxonasiga fakultetimiz tomonidan 30 dona har xil turdagi badiiy va publitsistik kitoblar taqdim etildi.

 

“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati