TIQXMMI yangiliklari

img
19.11.2021

“Mag`rur hilpirayver, o`zbek bayrog`i”

2021-yil 18-noyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jlaigini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 3-talabalar turar joyida  “Mag`rur hilpirayver o`zbek bayrog`i” mavzusida tadbir o`tkazildi. Tadbirni tashkillashtirishda SXTEB fakultetining tyutorlari Xolbo`tayev Islombek, Nortoshev Shahboz hamda Valiyeva Hamidalar yaqindan yordam berdilar. I.Xolbo`tayev O`zbekiston Respublikasi Bayrog`ining 30-yillik tantanasi butun Respublikamizda keng nishonlanaytotganligi hamda barcha joylarda ko`tarinki kayfiyatda o`tkazilayotganligini ta`kidlab o`tdi. O`zbekiston Respublikasi bayrog`ining qabul qilinganligi to`g`risida ma`lumot berdi. Shundan so`ng talabalar bilan “Zakovat” intellektual o`yini boshlandi.

Bunda 4 ta jamoa ishtirok etdi. Bular: “Yuksalish” “Alfraganus” “Benom” “TIIAME” jamolari. Ushbu bellashuvda  tyutorlar tomonidan tayyorlanib kelingan bir-biridan qiziqarli 12 ta savollar o`rtaga tashlandi. Bu bellashuvda “Yuksalish” jamoasi 1-o`rinni,  2-o`rinni “Alfraganus” jamoasi hamda 3-o`rinni “TIIAME” jamoasi qo`lga kiritdilar. G`oliblarga rag`bat sifatida shirinliklar ulashildi. Tadbir yakunida 3-TTJ tarbiyachi-pedagogi davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, eslatib turishini har birimiz, ayniqsa, yosh avlod yodda tutishi maqsadga muvofiqligini ta`kidlab o`tdi. 

  3-TTJ tarbiyachi-pedagogi A.Xaitova     axboroti

TIQXMMI  matbuot xizmati