TIQXMMI yangiliklari

img
26.11.2021

Magistratura talabalariga seminar-trening tashkil etildi

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi tashabbusi bilan Turkiyaning Karabuk universiteti dotsenti PhD Z.Yusupov hamda kafedra professori O.Tursunovlar ishtirokida kafedra magistratura talabalariga seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid qiziqarli va zaruriy ma’lumotlar bilan bir qatorda xalqaro darajadagi jurnallarda maqola chop etish hamda magistrlik dissertatsiyasini yozish tartib-qoidalari to‘g‘risida batafsil tushuncha va ma’lumotlar berildi. Seminar-trening so‘ngida barcha magistrlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.

“ET va QTEM” kafedrasi tayanch doktoranti N.Abdug‘aniyev axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati