TIQXMMI yangiliklari

img
18.11.2021

Magistrantlardan mahorat darsi

Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan ta'lim jarayonidagi yangi innovatsion islohotlar yoshlarni bilim va ko'nikmalarini kelajakga bo'lgan umidlarini oshirishga xizmat qilmoqda. Umar Xayyom aytganidek, "Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilan bo'ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan" bo'ladi. Institumizda kelajak avlodni yuqori malakali mutaxassislar va jahon talabiga javob beradigan kadrlar qilib  tayyorlash maqsadida tashkil etilgan an'anaviy ravishda o'zaro darslarga kirish "Ustoz shogird" an'anasi uzluksiz davom etib kelmoqda.

Shu maqsadda tashkil etilgan navbatdagi mahorat darsi 5A313101-Geodeziya va geoinformatika yo'nalishi M21-08 guruh magistrantlari Kosmik geodeziya fanidan ma'ruza darsiga qatnashib, o'zlaring bilim va malakalirini mustahkamlab olishdi. Shuni unutmaslik kerakki, har bir kun bizga yangi bilim va ko'nikmalarni olib keladi.

"Geodeziya va geoinformatika" kadedrasi o'qituvchisi Islomov O'tkir Pirmetovich axboroti

              TIQXMMI  matbuot xizmati