TIQXMMI yangiliklari

img
13.10.2023

Latviyadan tashrif buyurgan professor “Bioiqtisodiyot” magistrlariga dars oʻtdi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Buhoro davlat universiteti,  Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining Bioiqtisodiyot magistrantlariga “Bio-based research and technology development (Rtd), Innovations and business models”  mavzusida Latviya Hayot fanlari va texnologiyalari universitetining professor oʻqituvchisi Kaspars Naglis-Liepa dars berdi.

Ma’lumot oʻrnida shuni aytish joizki Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturining “BioEcUz” loyihasi doirasida yuqorida nomlari keltirib oʻtilgan universitetlar hamkorligidan “Bioiqtisod” magistratura mutaxassisligi Oʻzbekistonda ilk bor ochildi. Yevropalik oʻqituvchilar tashrif buyurganda Oʻzbekistondagi bitta universitetga tashrif buyuradi va barcha hamkor universitetning magistrantlari offlayn yoki onlayn darslarga qatnashadilar. Aksariyat darslar Toshkent davlat agrar universitetida boʻlib oʻtmoqda.

I.Bozarov axboroti