Laboratoriya jihozlari olib kelindi
Traktorlar va avtomobillar kafedrasida amalga oshirilayotgan “Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo'jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida universitetga “Termodinamika va issiqlik uzatish asoslari” fani uchun quyidagi 8 nomdagi laboratoriya qurilmalari olib kelindi.
- Izolyatsion materiallarning issiqlik o'tkazuvchanligini aniqlash laboratoriya qurilmasi
- Nurlanish orqali issiqlik almashinuvini tekshirish laboratoriya qurilmasi
- "Quvurdagi quvur" va plastinkasimon tipidagi issiqlik uzatgichlarning sinash laboratoriya qurilmasi
- Quvurda suyuqlik oqishi bilan issiqlik uzatishni va suyuqlikni tabiiy va majburiy konveksiya sharoitida sovutishni o'rganish laboratoriya qurilmasi
- Gaz muhitidagi jarayonlarni o'rganish laboratoriya qurilmasi
- Porshenli kompressor tuzilishi va ishlashini o'rganish laboratoriya qurilmasi
- Shamollatish tizimlarini o'rganish laboratoriya qurilmasi
- Materiallarni quritishning turli usullarini o'rganish laboratoriya qurilmasi
Kafedra professor-o'qituvchilari va yordamchi xodimlari uchun jihozlarni yetkazib bergan Trimbirt kompaniyasi mutaxassisilari tomonidan 2 kunlik dars mashg'ulotlari ham tashkil etildi. Ushbu laboratoriya qurilmalari kafedrada fan bo'yicha QXM, GIM va QSXET fakultetlari talabalariga o'tkazilayotgan dars mashg'ulotlari sifatini yanada yaxshilashda muhim rol o'ynaydi. Olib kelingan laboratoriya qurilmalari imkoniyatlari keng bo'lib ayrim laboratoriya qurilmalaridan kafedrada o'qitiladigan “Sovitish va ventilyatsion qurilmalar”, “Quritish va konservalash texnologik qurilmalari” kabi fanlarni o'qitishda ham foydalanish rejalashtirilmoqda.
Traktorlar va avtomobillar kafedasi