Kuz-talabalar nigohida
Talabalar orasida shunday ijodkorlari borki, biri mohir rassom, biri so'z ustasi va hokazo. "Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti" fakulteti birinchi bosqich talabalari orasidan ham ana shunday qobiliyatli, salohiyatli talabalarni saralash, qolaversa so'z boyligi darajasini sinash maqsadida tyutorlar tashabbusi bilan start olgan "KUZ ILHOMLARI" tanlovida barcha guruh talabalari o'ta faollikda ishtirok etishmoqda.
Kuz fasli haqidagi audiomatnlar, chizilgan va fotoapparatda olingan kuz fasli tasvirlari, oltin fasl tarannum etilgan esse, she'rlar va shu singari turli yo'nalishlarda e'lon qilingan tanlov hamon davom etmoqda. #Kuz_sarguzashtlari xeshtegi ostida 104,105,107,108,109-guruh talabalari tayyorlagan devoriy gazetalar 3-talabalar turar joyiga osib qo'yildi. Talabalar kuz faslini nafaqat ranglar, balki bo'yoqdor so'zlar, o'xshatishlar orqali tasvirlagani tahsinga loyiq. Talabalar ilhomi xuddi fasllar singari davomli, turfa ekanligiga ishonamiz.
"QSXET" fakulteti tyutorlari
Universitet matbuot xizmati