TIQXMMI yangiliklari

img
14.06.2022

“Kumushkonga” sayohat

 

Parkent tumani Toshkent viloyatining so’lim tabiati  bilan ajralib turadi. Bu tuman O’rta Tyanshanning Chotqol tizmasi g’arbiy etaklarida joylashgan. Hududi tog’lar bilan o’ralgan bo’lib yer yuzasi g’arbdan sharqqa balandlashib boradi.

 “Kumushkon” Parkent tumani o’zining dam olish maskanlari bilan mashhur. Talaba yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun “Kumushkonga” sayohat va ziyoratni amalga oshirdik.


Tabiat inson uchun estetik tarbiyaning zarur vositasi hisoblanadi. Tabiat bilan ongli murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo’lib yetishishga monelik ko’rsatadi. 

Sayohat chog’ida musulmon olami bo’lmish to’rtinchi xalifasi hisoblanmish  Hazrat Ali Buva  ziyoratgohiga kirib ziyorat qilib,  shu ulug’ maskan tarixi bilan talaba yoshlarga tanishtirildi. Ularning qiziqtigan savollariga aniq javob qaytardik.  Sirtqi bo’limi 127 -guruh talabari bu maskanga kelgusida ham yana kelib sayohat va ziyorat qilishni rejalashtirishdi.

              GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasining o’qituvchisi Bahriddin Muqimovning axboroti. 

Universitet Matbuot xizmati