TIQXMMI yangiliklari

img
17.10.2022

Kreativ fikrlash zamon talabi

       Joriy yilning 14 oktabr kuni GM fakulteti 2-kurs 207-guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova va GM fakulteti tyutori D.Axrarovalar hamkorligida “Ijodiy yondashuv orqali muammolarni hal etish yo'llari” mavzuida davra suhbati va trening tashkil etildi. Tadbir talabalarning ta'lim olishlari, taraqqiyoti, tarbiyasi, kasbiy shakllanishlari, turmushga tayyorgarlik, o'zaro munosabat va muomala, muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarashlari, qobiliyat, iqtidorlarini shakllantirish maqsadida uyushtirildi. Tadbir davomida talabalarning kayfiyatlarini pozitiv tomonga o'zgartirishga mo'ljallangan “Kayfiyatingizni rasmini chizing”, proyektiv test,  “Siz uchun aziz bo'lgan 5ta ne'mat” kabi o'yin va mashg'ulotlar o'tkazildi va natijalari muhokama qilindi. Barcha ishtirokchilar tadbirda faol qatnashishdi, ayniqsa: Botirov Sarvar,  Odilbek, Sabrina va Sohibalar juda faol ishtirok etishdi. Tadbirdan barcha ishtirokchilar  o'zlari uchun tegishli xulosalar chiqarishgan holda tadbir yakunlandi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati