TIQXMMI yangiliklari

img
06.10.2023

“Korrupsiyasiz soha” mavzusida tadbir

2023 yil 6 oktyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonov, "Ekologiya va huquq" fakultet dekani B.Norov, “Gumanitar fanlar”, Ekologiya va suv resurslarini boshqarish, O‘qitish nazariyasi va metodikasi kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida “Korrupsiyasiz soha” mavzusida tadbir va  korrupsiyaning oldini olish profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. B.Norov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilariga Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.U.Gapparovni tanishtirdi.

Ozbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil etish bilan bogliqOzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi PF-6013 sonli Farmoni, 02.02.2017 yilgi PQ-2752-sonliKorrupsiyaga qarshi kurashish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori, 06.07.2021 yildagi PF-6257-sonli, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bolish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari togrisidafarmonlari ijrosini taminlash maqsadida Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib otdi va kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar toqnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish, Tizimda korrupsiyaviy holatlarni oldini olish boyicha davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu olib borilgan suhbat jarayonida professor-о‘qituvchilar va xodimlar ozlarini qiziqtirgan savollarini berib faol ishtirok etishib, yetarlicha ma'lumotlarni olishdi. A.U.Gapparovprofessor-oqituvchilar va xodimlargaHEMIStizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi malumotlarni ozboshimchalik bilan ozgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari boyicha malumot berib otdi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga bo‘lim ma’sullari yetarlicha ma’lumot berisgdi. "Ekologiya va huquq" fakultet dekani B.Norov tadbir so‘ngida, professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdagi amaliy yordamlari uchun mexmonlarga fakultet va kafedra rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirdi.

“Kompleans nazorat” tizimini boshqarish  bo‘limi mutaxassisi I.Karimjonov axboroti