Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amaliy ishlar qilinmoqda
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Prezident Farmoni, 2021-yil 26-avgustdagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida Komplaens nazorat tizimini joriy etish va korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 373-son Buyrug‘i hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining maqsad va vazifalari, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida korrupsion holatlarning oldini olish borasida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni belgilangan muddatlarda ijro etilishi yuzasidan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 2021-2022 o‘quv yili bahorgi semestr yakuniy nazoratlari, qayta topshirish imtihonlari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalarining sinovlardan o‘tkazish jarayonida korrupsiyaviy xatti-harakatlarning oldini olish yuzasidan Yer resurslarini boshqarish fakulteti 1-2-3 kurs talabalari o‘rtasida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparov va bo‘lim bosh mutaxassisi J.Abdusattorov tomonidan anonim so‘rovnoma o‘tkazildi.
Anonim so‘rovnomada umumiy talabalar soni 105 tani tashkil etdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish
“Komplayens nazorat” tizimini
boshqarish bo‘limi boshlig‘i A. Gapparov