Korrupsiyaga qarshi kurashamiz
“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 2023 - yil 16 - noyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.Gapparov, "Iqtisodiyot" fakulteti 1-kurs talaba-yoshlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
A.Gapparov talabalarga “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi” da keltirilgan “278/4-modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish”, “211-modda. Pora berish”, “212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish” haqida ma’lumot berib ularni ogohlikka chaqirdi.
Hozirgi kunda “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari haqida huquqiy tushuncha va huquqiy oqibatlari haqida ogohlantirdi. Talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga bo‘lim boshlig'i tomonidan javob berildi.
"Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari G. Shodiyeva, D. Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati