TIQXMMI yangiliklari

img
29.03.2022

Korrupsiyaga qarshi kurash zamon talabi

Irrigatsiya va melioratsiyakafedrasi dotsenti Abduraimova Dilbar Oybekovna hamda kafedra assistentlari Ahmedjanova Gulnoroy Teshaboyevna va Tadjiyev Sunnat Saydaliyevichlar tomonidan 4-talabalar turar joyidaKorrupsiyaga qarshi kurashish zamon talabimavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Barchamizga malumki, hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqida tobora kop qollanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Chunki poraxo‘rlik - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan xavfli jinoiy hodisalardan biridir. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 27 maydagi PF-5729-son farmonida belgilangan vazifalar va olib borilayotgan ishlar bo‘yicha kengroq ma’lumotlar berildi. Hamda ushbu farmon ijrosini ta’minlashda faol bo‘lish zarurligi tushuntirildi.

Tadbir qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib oʻtdi.

Universitet matbuot xizmati