TIQXMMI yangiliklari

img
12.03.2022

Korrupsiyaga qarshi kurash omillari

Joriy yilning 10 - mart kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti jamoasi bilan universitetning Korrupsiyaga qarshi kurash va komplains nazorat tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i A.Gapparov ishtirokida “Ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurash - davr talabi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.  Barchamizga ma’lumki, korruptsiya – bu jamiyatni turli yoʼllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga toʼsqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otishi uchun sharoit yaratib beradi. So’nggi yillarda, oliy oʼquv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini taʼminlash, taʼlimdagi korrupsiya va poraxoʼrlikning oldini olishga ham jamiyatda astoydil kirishilgan. Davra suhbatida A.Gapparov bo’limning asosiy vazifalari hamda bu yo’nalishda universitetda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Tadbir soʼngida barcha professor-oʼqituvchilar oʼrtasida so’rovnoma oʼtkazildi.

YRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati