Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!
Joriy yilning 19 - yanvar kuni "Sirtqi bo‘lim" jamoasi bilan universitetning Korrupsiyaga qarshi kurash va komplains nazorat tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i A.Gapparov ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilayotgani haqida tanishtirib o`tildi.
Tadbir davomida Korrupsiya – bu mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini ko‘zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig‘indisi ekanligi, ayni damda korrupsiyaga qarshi kurashish barcha davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda ta’lim muassasalarda ustuvor vazifaga aylanganligi borasidagi keng fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Universitet matbuot xizmati