“Korrupsiya-rivojlanish kushandasi” mavzusida onlayn suhbat
“Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi hamda magistratura boʻlimi hamkorlikda universitetda taʼlim olayotgan magistrantlrning huquqiy ongini oshirish va ular orasida korrupsiyaga doir huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida oliygohning “2- kurs magistrantlari profilaktik targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi. Mazkur tadbirda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulovga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021 - yil 16 - sentabrdagi 19/10-21-101-sonli Taqdimnomasida koʻtarilgan korrupsion holatlar muhokama qilinib, oliygohda sodir etilishi mumkin boʻlgan poraxoʻrlik, tamagirlik, firibgarlik, “guruhvozlik”, tanish-bilishchilik, mahalliychilik kabi kronizm, nepotizm va favoritizm alomatlari mavjud boʻlgan illatlariga yoʻl qoʻymaslik taʼkidlandi. Magistratura boʻlimi boshligʻi prof. A.Yangiyev ushbu tadbir maqsadi va mohiyati toʻgʻrisida magistrantlarga oʻz fikrlarini aytib oʻtdi. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash jarayoni haqida yana batafsil toʻxtaldi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komleans nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Gapparov, keyingi yillarda mamlakatimizda shu jumladan universitetimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan muhim islohotlar, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga yoʻnaltirilgan saʼy-harakatlarning mazmun-mohiyati haqida gapirib oʻtdi. Magistranlar tomonidan berilgan savollarga A.Gapparov javob berib, fikrlarini bayon etdi. Faol magistranlar oʻz fikr mulohazalirini bildirib oʻtdi. Quvonarlisi magistrantlarimiz oʻzining mustaqil fikrlariga ega ekanligi va huquqiy savodxonligi ancha yuqori ekanligi davra suhbatida yaqqol sezilib turdi. Davra suhbati qiziqarli va maroqli oʻtdi.
“Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Gapparov
Universitet matbuot xizmati