10.05.2023
Koreya Hukumatining Milliy Assambleyasi delegatsiyasi universitetimizga tashrifi
“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetiga Koreya Hukumatining Milliy Assambleyasi delegatsiyasi janob Jeon Haecheol rahbarligida bir gurux deputatlar va K-Water kompaniyaning bosh direktori Kim Yung Hwan tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Kelgusida Koreya Universitetlari va K-Water kompaniyasi bilan o‘zaro talabalar almashinuvi hamda talabalar amaliyoti uchun Scholarship larni ko‘paytirish, Koreya Hukumatining ta’lim grantlarida samarali ishtirokni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar kelishib olindi.