06.12.2023
“Konstitutsiyaviy qonun loyihasi takomillashtirish bo’yicha parlament tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili” mavzusida davra suhbati
2023 yil 6 dekabr kuni soat 10:00da “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Axborot resurs markazi hamda “Ekologiya va Huquq” fakultetining tashabbuslari bilan Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Agrar va suv xo’jaligi masalalari qo’mitasi a’zosi To’laboyev Azamjon Qurbonovich bilan davra suhbati o’tkazildi.
Deputat Azamjon To’laboyev 1-bosqich “Yurisprudensiya” yo’nalishi talabalariga “Konstitutsiyaviy qonun loyihasi takomillashtirish bo’yicha parlament tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili” mavzusida taqdimot qildi va talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.
“Ekologiya va Huquq” fakulteti dekani X.Pirmatov axboroti