Konstitutsiya - taraqqiyotimiz kafolati
"Mexanika va kompyuterli modellashtirish" kafedrasi tashabbusi bilan 2023 yil 20 aprel kuni B-bino konferensiyalar zalida 30 aprelda o‘tkaziladigan umumxalq Referendumiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya - taraqqiyotimiz kafolati” mavzusidagi tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talabalari, Xotin-qizlar kengashi va kafedraning professor-o‘qituvchilari, doktorantlari ishtirok etishdi.
Mehmonlar – Toshkent davlat yuridik universiteti, Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi professori Yunusova Minovvarxon Sobirovna va dotsent Jumaniyozova Dilfuza Kamalovnalar o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Huquqshunoslar yangi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’ruza qilishdi. Tadbir yuqori saviyada savol-javoblar bilan o‘tkazildi.
Universitet matbuot xizmati