TIQXMMI yangiliklari

img
07.12.2023

Konstitutsiya bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi

Bugungi rivojlanib borayotgan davrda har bir mamlakatning asosiy maqsad hamda vazifasi inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, erkin demokratik davlatni barpo etishdir. Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda konstitutsiya asosiy hujjat hisoblanadi. Oʻzbekistonda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlarning ham asosiy gʻoyasi inson qadrini ulugʻlash, uning asosiy huquqlarini yanada mustahkamlash ekanligini alohida taʼkidlash lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi F-72-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturining 31-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Gumanitar fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini oʻrganish” bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.

 

Universitet matbuot xizmati