TIQXMMI yangiliklari

img
07.12.2023

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti Joriy yilning 5-dekabr sanasida  8-ma’ruzalar zalida  talabalarga “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 31-yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida seminar trening tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati o‘rganish bo‘yicha mutaxassislar “Gumanitar fanlar kafedrasi”dan ustozlar X.Botirova va B.Madaminovalar taklif qilindi.

Yangi tahrirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsplari inson va fuqaroning asosiy huquqlari va erkinliklari va burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalari bo‘yicha talaba yoshlarga ma’lumotlar berildi. Ma’ruzadan so‘ng talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

"Energetika" fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati