Konstitutsiya baxtimiz qomusi
Shu kunlarda mamlakatimizda bosh qomusimiz qabul qilinganining 29 yilligiga bag`ishlangan bayramlar tashkil etilmoqda. Bosh qomusimiz- O`zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Ushbu kun yuzasidan 6- dekabr kuni Qishloq va Suv Xo`jaligida Energiya ta`minoti fakulteti talabalari tomonidan “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” shiori ostida bayram dasturi tashkil qilindi. Tadbirni ochib berish uchun so`z fakultet dekani, texnika fanlari doktori, professor Isakov Abdusaid Jalilovichga berildi. Bosh qomusimiz qabul qilingan kun bilan muborakbod etib tadbirni ochib berdi.
So`ngra fakultet iqtidorli talaba yoshlari tomonidan sher, sahna ko`rinishlari tomoshabinlar e`tiboriga havola qilindi.Tadbirni ko`tarinki kayfiyatda o`tkazish maqsadida talaba-yoshlar o`rtasida O`z qomusimizni bilamizmi? shiori ostida viktorina o`yinlari tashkil qilindi. Viktorina g`oliblari tashakkurnoma hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.Tadbir so`ngida fakultetning faol va iqtidorli talabalari esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar. Zero o`z qonun - qoidalarimizni bilish hayotimiz farovonligi kafolatidir.
QSXET fakulteti dekan orinbosari A.Mutalov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati