“Komleans-nazorat” tizimining mazmun-mohiyati
Joriy yil 11 - mart kuni GIM fakulteti professor-o‘qituvchi va xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komleans-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mazmun-mohiyati” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilariga Korrupsiyaga qarshi kurashishning siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy omillari to‘g‘risida shuningdek, bu borada yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish haqida keng qamrovli ma’lumotlarga to‘xtalib, korrupsiyaga qarshi kurashish, professor-o‘qituvchilarimiz va yoshlarimizni bunday holatlarga tushmasliklarini ta’minlash hamda uni oldini olish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan so‘z yuritildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga hozirgi davrda dunyo bo‘yicha eng tinch va osuda hayot kechirib rivojlanib kelayotgan vatanimizni aql-idrok bilan ish tutib, bundan keyin ham kuchli bilim egasi bo‘lib vatanimizni rivojiga yanada hissa qo‘shib yuradigan yigit–qizlarni tarbiyalab yetishishlari uchun talaba-yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish eng dolzarb masalalardan biri ekanligi haqida tushunchalar berdi.
Universitet matbuot xizmati