TIQXMMI yangiliklari

img
28.09.2022

Ko‘chma dars tashkil etildi

PQ-4391-sonli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019 yil 9 oktabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4486-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida  ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, ishlab chiqarish va boshqa korxonalarda talabalar amaliyotini tashkil etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishni o‘zaro mustahkam integratsiyasini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida  “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi dotsenti M.Abduqodirova hamda etakchi ilmiy xodim J.Durxodjaevlar bilan birgalikda «Gidromelioratsiya» fakulteti 5450700 - Suv ta’minoti muhandislik tizimlari ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich 407-guruh talabalari bilan 2022- yil 24 - sentabr kuni “Samarqand viloyati Samarqand shahar suv ta’minoti” MChJ tasarrufidagi “Cho‘pon ota suv olish inshooti” hamda “ZOS oqova suvlarni tozalash inshooti” da ko‘chma dars tashkil qilinib, talabalarga yopiq usulda suv olish inshootlari va oqova suvlarni tozalash inshootlarini texnologiyalari hamda ularni ekspluatatsiya qilish  borasida ilmiy-amaliy bilimlar berildi. Korxona rahbari va tajribali mutaxassislari talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berdilar.

Universitet matbuot xizmati