05.11.2022
Ko’chma dars
Sirtqi bo’lim “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 401, 402, 403, 404-guruh talabalarini 2022 yilning 4 noyabr kuni “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedra o‘qituvchilari M.Abdukadirova va B.Nasibovlar tomonidan “Qishloq va yaylovlar suv ta’minoti” fanidan “Qodiriya suv tozalash inshooti” da ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi. Mutaxassislar tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Yеr usti manbalaridan suv oluvchi inshootlar yiriklanib, suv tashish masofalari uzoqlashib, suv tozalash jarayonlari hamda inshootlari vujudga kеlgan ekologik vaziyat va sharoitlar ta’siri to‘g‘risida tassavvurga ega bo‘lishdi.
Universitet matbuot xizmati