TIQXMMI yangiliklari

img
23.04.2024

Kiyinish madaniyati va odob-axloq

2022 yil 22 aprelda Yer resurslari va kadastr fakultetining 4-TTJ istiqomat qilayotgan talaba qilari bilan birgalikda “Kiyinish madaniya va odob-axlok to’g’risida” davra suhbati o’tkazildi. Ushbu yig’ilishda "YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova va pedagok tarbiyachi S.Muxrumbaevalar qatnashdilar.  

Z.Xafizova talaba qizlarga kiyinish madaniyati – insonning tashqi ko’rinishi, ma’naviy dunyosi, estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib beradi. Kiyinish madaniyatiga bo’lgan qarash insonning go’zallik, nafosat, odob borasidagi ko’z qarashlarini ifoda etadigan omil hamdir. Kiyinishga bo’lgan e’tibor va talab ham o’zgarib borayotganligi to’g’risida gapirib o’tdi.

Shundan sung S.Muxrumbaeva so’zga chiqdi. S.Muxrumbaeva o’z so’zida aslida kiyinish madaniyati xam o’zbekona madaniyatimizning ajralmas qismidir. Bu masalaning jiddiy tomoni shundaki yuzaga kelayotgan ushbu muammo bugungi kunning muxim dolzarb mavzusiga aylandi. Universitet xududida yurganda iloji boricha klassik kiyimlarda yurish kerakligi va  universitet ichki- tartib qoidalariga rioya qilishimiz shart-deb ta’kidlab o’tdi..

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati