TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2024

Kiyinish madaniyati

Joriy yilning 19- aprel kuni "Ekologiya va huquq" va "Gidrotexnika qurilishi" fakultetining 1- Talabalar turar joyida  yashovchi talaba qizlari bilan "Kiyinish madaniyati va odobi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida  kiyinish shaxsiy masala ekanligi, lekin har bir jamiyatning yozilgan, yozilmagan qonunlari, odob-axloq me'yorlari mavjudligi, ayniqsa, xotin-qizlarimiz jamiyatning vakili sifatida ana shu me'yorlarga albatta, amal qilishi, bu yoshlar tarbiyasi, kiyinishda milliy an'analarimizni asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, yoshlarni “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlari ta'siriga tushib qolishining oldini olish, kiyinishda xorijliklarga taqlid qilish singari salbiy oqimlardan asrash masalalariga ham to`xtaldi. Qiziqarli  o‘tgan tadbirda libos har bir xotin-qizlarga nafaqat ko‘rk bo‘lishi, balki uning odob-axloqi, dunyoqarashi, fe'l-atvori, ma'naviyati darajasini, umuman, qanday inson ekanligini ko‘rsatuvchi vositalardan biri hisoblanishi qayd etildi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti dekan maslahatchisi B.Mamadaminova va "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori D.Xursandovalar  axboroti

Universitet matbuot xizmati