TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2024

Kitobxonlik va ma'rifatlilik jamiyat ertasi

Joriy yilning 7- may kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova tashabbusi bilan 15- may - "Xalqaro oila kuni"ga  bag'ishlab "Kitobxon ona, kitobxon bola" shiori ostida "Ma'rifatli ayol- jamiyat tarbiyachisi"  mavzusida ma'naviy-ma'rifiy,  badiiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda, Ra'no Kodirova o'z so'zini Kitobni inson hayotidagi o'rni haqida buyuk mutafakkirlarimizni hikmatli so'zlari bilan  boshlab jumladan shunday dedillar:

Ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy yozganidek, “Kitob beg‘araz ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishning bosh manbaidir”. Ha, kitob ming yillar davomida odamlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelmoqda, ularning bilimli, bilimli, kasb egasi bo‘lishi va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili kitob bilan do‘st bo‘lish, kitob o‘qishdan to‘xtamaslikdir.  Ayniqsa, kitobning yoshlar hayotida alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini oshiradi, mehr-oqibat va ezgulikka chorlaydi deb takidladilar.

Shundan so'ng Ra'no Kodirova tadbirni aziz mehmonlari bilan tanishtirib, so'zni O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, "Saodat" jurnali bo'lim muharriri, shoira Qutlibeka Rahimboevaga berdilar.

Mehmonimiz qizlarimizga hayotiy misollar bilan agar onalar ma'rifatli bo'lsa albatta qizlarimiz ham bilimli, odobli, go'zal fazilatlar egasi bo‘lishlari va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili kitob bilan do‘st bo‘lish deb takidladilar va she'rlaridan o'qib berdilar Shundan so'ng so'z tadbirimizning hurmatli mehmoni O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, "Saodat" jurnali Bosh muharriri, shoira, Munavvara Usmonovaga berildi.

Munavvara Usmonova kitob haqida uning inson hayotidagi o'rni haqida sermazmun ma'ruza qildilar. O'zlarining she'rlaridan o'qib berdilar. Tadbir qizg'in savol-javoblar bilan davom etib, sermazmun, quvnoq tarzda o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati