TIQXMMI yangiliklari

img
19.04.2024

Kitobxon ona – kitobxon bola

Joriy yilning 17-aprel kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova tashabbusi bilan tashkil etilgan “Kitobxon ona-kitobxon bola” mavzusida tadbir o'tkazildi. Tabiat qo'ynida uyushtirilgan tadbirda F.Yunusova “Kitob – ma'naviyat xazinasi” mavzusida so'z yuritib, kitob insonning fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo'lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo''tabar va muqaddas deb hisoblanishini ta'kidlab, kishining madaniyati uning o'qigan kitobida aks etishini aytib o'tdi.

Hamda tadbirda ishtirok etgan bolajonlarga o'zlari mutolaa qilgan kitoblari haqida so'zlab, ular bilan fikr almashdilar. Shu singari bolajonlar ham o'z o'qigan kitoblari haqida gapirib berdilar. Bu an'ana inson xotirasini kuchayishiga, so'zamollik qobiliyatini rivojlanishiga yaxshi ta'sir etuvchi omllardan biri ekani naqadar quvonarli holat. Loyihaning maqsadi Onalar tomonidan kitobxonlik an'analarini tiklash orqali bolaning bolalikdan kitobxonlik huquqini ta'minlash, jamiyatda kitobxon onaning ijobiy imidjini shakllantirishdan iborat. Kitob va kitobxonlik orqali oilada bolalarni tarbiyalash bo'yicha ilg'or pedagogik tajribani ommalashtirish. Loyihani amalga oshirishda onalarni ham jalb etishning turli shakllaridan foydalanish jamiyatimiz ona va bolalarinig ma'naviy barkamolligi uchun g'oyat muhim hisoblanadi.

"Gidrotexnika qurilishi" fakulteti  tyutori D.Xursandovalar  axboroti 

Universitet matbuot xizmati