Kitob – tafakkur qanoti
Kitob — insonnint eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon - qoniga singib ketgan. Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi.
Shu ma’noda bugungi kunda kitob o‘qish va unga munosabat bir qadar susaygandek. Chunki yosh avlod hayotidan zamonaviy texnika va texnologiyalar ko‘proq o‘rin olib, ularning kompyuter, telefon va shu kabilarga qiziqishi kuchayib bormoqda.
Kompyuter hozirgi kunda jamiyatning barcha qatlamlarida o‘z o‘rnini egalladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Istalgan yangiligu axborotlarni bu vositalardan xohlagancha olish mumkin. Yoshlarning nazdida bugun kitob o‘qish uchun vaqt sarflashga hojat yo‘qdek. Aslida, hech bir axborot vositasi, kino yoki videofilm badiiy asar o‘rnini bosolmaydi.
Joriy yilning 19 - aprel kuni “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi tashabbusi bilan ana shunday tadbir universitetning “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” hamda “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” (Professional ta’lim) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar orasida kitob mutoala qilish, kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarni kitob o‘qishga o‘rgatish hamda qiziqishlarini oshirishdan borat. Tanlov yakunida kitobxon talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.
“PTvaJM” kafedrasi axboroti
Universitet matbuot xizmati