Kitob-qalb chirogʼi, tafakkur qanoti
“Yer resurslari va kadastr” fakultetida “Mening sevimli kitobim” mavzusida talaba-yoshlar oʼrtasida o`tkazilgan koʼrik - tanlov e'tiborga molik. Bugun ushbu tanlovning yakuniy bosqichi bo`lib o`nda eng ko`p kitob mutoola qilgan talabalar orasidan gʼoliblar aniqlanib, munosib taqdirlandilar. Kitob – insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk boʼlishi, maʼnaviyatining shakllanishida asosiy oʼrinni egallaydi.
Kitob oʼqigan insonning aqli charxlanib, maʼnaviyati boyib yetuklik sari ildamlayveradi. Kitob oʼqimagan insonning ongi esa maʼnaviy qashshoqligicha qolaveradi. Har bir talabalarimiz oʼzlari mutolaa qiladigan baddiy adabiyotlar jahon adabiyotlari haqida gapirar ekan barcha tengdoshlarini ham kitob oʼqishlari hamda oʼqigan kitoblarini doimiy muhokamalar qilishlari toʼgʼrisida to‘lqinlanib gapirib oʼtishdi.
Darhaqiqat, kitob bilim bulogʼi, tafakkur qanoti. Kitob aqlni charxlaydi, fikrni boyitadi, maʼnaviyatini yuksaltiradi. Shuning uchun ham inson tafakkurini yuksaltirish, ongu shuuriga ezgulik urugʼini sochishda kitobning oʼrni beqiyos. Demak, bugun yoshlarning kitob oʼqishga boʼlgan qiziqishni oshirishga, ularni kitob bilan doʼst boʼlishiga, ularda kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga qaratilgan ishlar koʼlamini yanada kengaytirish zarur.
Bugungi oʼtkazilgan tanlovimizda munosib nomzodlarni saralab bergan tadbir mehmonlarimiz O’zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasidan tashrif buyurgan: Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining laureati - Hulkar Sherzodova hamda shoir O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi azosi Erkin Hojimuhammadlarga hamda ushbu tanlovni tashkillashtirgan fakultetni Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshovaga, xotin-qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi Z.Hafizovaga va fakultet tyutorlariga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Universitet matbuot xizmati