Kitob – ilm manbai
Kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib bo‘lmaydigan o‘ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mo‘jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko‘ngil cheksiz zavqqa to‘lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr almashishning huzur-halovati tamoman o‘zgachadir. Kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa hisoblanadi. Kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari O. Ro‘zibaev, tarbiyachi pedagog S.Muxrumboyeva, hamda tyutorlar 4-TTJ ning kutubxonasida joriy yilning 24-yanvar sanasida kitobsevar va kitobga oshna talabalar bilan “Mening sevimli kitobim” bo‘yicha ko‘rik-tanlov tashkil qilindi.
Ko‘rik tanlovda 5 ta badiiy kitoblardan Abdulla Qodiriy “O‘tgan kunlar”, Abdulxamid Cho‘lpon “Kecha va kunduz”, Abdulla Qodriy “Mexrobdan chayon”, O‘tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari”, Primqul Qodirov “Yulduzli tunlar” ushbu adabiyotlarni sevib mutolaa qilgan 1 bosqich 111 gurux talabasi To‘ymurodova Ro‘zigul Xoshim qizi chiroyli so‘zlab berdi va 1-o‘rinni egalladi. Bu tadbir 5 tashabbusning 4-tashabbusi doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha olib borildi.
2- o‘rinni 1-bosqich 109-guruh talabasi Maxmudova Laylo oʻzining oʻqigan bir qancha kitoblari yuzasidan do‘stlari bilan o‘rtoqlashdi, taqdimot oʻtkazdi.
3 –o‘rinni 2 kurs 212-gurux talabasi Xasanboeva Dilfuza egalladi
Talabalarimiz bir qancha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Talabalarning kitobga boʻlgan mehri yanada oshdi. Tadbir so‘nggida talabalarimiz esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
“Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati