TIQXMMI yangiliklari

img
03.02.2023

Kinofilm tomoshasida

              Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "ENERGETIKA" fakulteti Yoshlar ittifoqi jamoasi "CINEMA TIME" tashkil etishdi. Qishning so'nggi, bahor fasliga esa juda yaqin fevral oyining ilk kunlarini san'atsevar talabalarimiz "Osmondagi bolalar" kinofilmi tomoshasi bilan qarshi olishdi. Yoshlar hayoti yoritilgan, qiziqarli va tarbiyaviy ahamiyatli kino barchaga birdek manzur bo'ldi. Qolaversa "Qayerdasan, kinosaroy?" deb ovvora bo'lmasdan Universitetimiz bag'ridagi issiqqina zalda o'tirib kino tomosha qilish o'zgacha zavq ulashdi. Talabalik davridan ajoyib xotira sifatida bu kun alohida sahifa bo'lib muhrlanib qolganiga ishonchimiz komil.

  "ENERGETIKA" fakulteti jamoasi

        Universitet matbuot xizmati