TIQXMMI yangiliklari

img
28.04.2022

Kimyogarlar to'plandi

Respublikamizning barcha oliy ta'lim muassasalarida taxsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlarini saralash maqsadida har yili talabalar o'rtasida fan olimpiadasi o'tkazilib kelinmoqda. Ushbu an'anaviy olimpiadalarni tashkil etish maqsadida "Fizika va Kimyo kafedrasi" da Kimyo fanidan 26-aprel kuni "Fan  olimpiadasi" tashkil etildi.

Fizika va kimyo kafedrasi o'qituvchilari Choriyev Abdumo'min va Hadjibekov Sadriddin hamda yoshlar bilan ishlash bo'yicha Karimov Abduvahob boshchiligida  1-kurs talabalari o'rtasida Kimyo fanidan olimpiada bo'lib o'tdi. Ushbu olimpiadada QXM, YRB, QSXET, GM, GIM, SXTEB fakultetlari 1-kurs talabalari o'rtasida bo'lib o'tdi, bunda bilimga chanqoq Kimyo faniga qiziqadigan iqtidorli  talabalar qatnashishdi. Olimpiada juda qiziqarli tarzda bo'ldi.

GM fakulteti 1-kurs talabasi Madina Rustamova axboroti
"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati